Har kuningizni niyat bilan boshlang
Niyat — musulmon yoshlar uchun Islomiy hayot murabbiyi. AI murabbiy bilan suhbat, namoz vaqtlari va azon, qibla, maqsadlar, Qur'on va sunnatlar — bitta ilovada, o'zbek tilida.
Imkoniyatlar
Bir ilova — butun kun
Bomdoddan xuftongacha: ibodat, maqsadlar va murabbiy bilan suhbat bir joyda.
AI murabbiy — sizni tushunadi
Ismingiz, niyatingiz va maqsadlaringizni biladi. Kuningizni tahlil qiladi, aniq qadamlar taklif qiladi. Matnda yoki ovoz bilan.
- Ovozli rejim — "Niyat" deb chaqirsangiz uyg'onadi
- Suhbatlar tarixi saqlanadi
- Islomiy qadriyatlar asosida, o'zbek tilida

Namoz, Qur'on va yodlash
Shahringiz bo'yicha aniq namoz vaqtlari va azon eslatmasi. Kunlik sura tavsiyasi, Juz 30 yodlash va takror rejimi.
- Qibla kompasi, Ka'bagacha masofa va jonli efir
- 99 ism, Buxoriy hadislari, kunlik sunnat
- 5 vaqt namoz qo'llanmasi (Hanafiy)

Maqsadlar — yildan kungacha
Katta niyatni kichik qadamlarga bo'ling: yillik → oylik → haftalik → kunlik. Streak, daraja va ovozli eslatmalar sizni yo'lda ushlab turadi.
- Haftalik jadval va "Bugun bajardim"
- Ekran vaqti nazorati va sadaqa kundaligi
- Yillik xulosa

Falsafa
Biz texnologiya sotmaymiz — tarbiya beramiz
Niyat sizni telefonga bog'lash uchun emas, undan tezroq chiqib hayotga qaytishingiz uchun yaratilgan.
Hech qanday "engagement" o'yinlari yo'q. Har bir funksiya bitta savolga javob beradi: bu sizni yaxshiroq inson qiladimi?
Maslahatlar Qur'on, sunnat va ulamolar yo'lidan kelib chiqadi. Namoz qo'llanmasi Hanafiy mazhabi bo'yicha.
Ilova ham, murabbiy ham o'zbekcha gapiradi — tarjima emas, o'z tilimizda yaratilgan.
O'rnatish
Bir daqiqada tayyor
Ilova hozircha Google Play'da emas — APK faylni to'g'ridan-to'g'ri o'rnatasiz.
APK'ni yuklab oling
Telefondan niyat.tech/apk ni oching. Fayl niyat.apk nomi bilan "Yuklamalar"ga tushadi.
Ruxsat bering
Faylni ochganda "Noma'lum manbalardan o'rnatish" so'ralsa — brauzeringiz uchun ruxsat bering.
O'rnating va boshlang
"O'rnatish"ni bosing. Ochilganda telefon raqam bilan ro'yxatdan o'ting va birinchi niyatingizni yozing.
Savollar
Ko'p so'raladigan savollar
Ilova bepulmi?
Ha. Asosiy imkoniyatlar bepul va reklamasiz. Kelajakda qo'shimcha Premium funksiyalar bo'lishi mumkin.
iPhone uchun bormi?
Hozircha faqat Android. iOS versiyasi rejada.
Nega Google Play'da emas?
Ilova faol rivojlanmoqda va yangilanishlar tez chiqadi. Play'ga joylash keyingi bosqich. APK har doim shu sahifadagi tugma orqali eng yangi versiyada.
Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?
Maqsadlar, niyatlar va suhbatlar avval telefoningizda saqlanadi, keyin hisobingizga sinxronlanadi — telefon almashsangiz yo'qolmaydi.
Yangilanishni qanday olaman?
Shu sahifadan yangi APK'ni yuklab, ustidan o'rnating. Ma'lumotlar saqlanib qoladi.